“Andijon—Buxoro—Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

"Angren—Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘li bo‘ylab 20-sentabrdan "Andijon—Buxoro—Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi boshlanadi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati xabar bermoqda

Reyslar haftada bir marta amalga oshiriladi. Poyezd Andijondan 20-sentabr, soat 14:30 da jo‘nab, Buxoroga ertasiga 6:30 da yetib boradi. Shu kuni 22:30 da esa ortiga qaytadi.Poyezd Marg‘ilon, Qo‘qon, Pop, Orzu, Toshkent, Guliston, Jizzax, Samarqand va Navoiy bekatlarida to‘xtab o‘tadi.







Комментарии